Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Oktyabr 2022

“Dori-Darmon” AJni ustav kapitalidagi davlat ulushini xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirish bo‘yicha takliflarni qabul qilish muddati uzaytirildi

  Davlat aktivlarini boshqarish agentligi salohiyatli investorlarga aktivni yaxshiroq o'rganish va jarayon ishtirokida malakaviy tayyorlanishga ko'proq imkoniyat yaratish, shuningdek sotish jarayonlarini yanada shaffof va raqobat muhitida o'tkazish hamda qo'shimcha salohiyatli investorlarni jalb qilish maqdsadida, barcha manfaatdor tomonlar va salohiyatli investorlarga "Dori-Darmon"AJ ustav kapitalidagi 51,0 foiz aksiyalar paketini xususiylashtirish yuzasidan qiziqish bildirish (Express of interest) bo'yicha arizalarni qabul qilish muddatini 2022-yil 15-noyabr kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar uzaytirilganligini ma'lum qiladi.

  Avval ma'lum qilinganidek, "Portfolio Investments" MChJ kompaniyasi ushbu Bitim yuzasidan xususiylashtirish bo'yicha yetakchi maslahatchi sifatida jalb etilgan.

Avvalgi chop etilgan qiziqish bildirish (Express of interest) bo'yicha takliflarni qabul qilish to'g'risidagi e'lonning qolgan barcha ma'lumotlari o'zgarishsiz qolmoqda. 

Qo'shimcha ma'lumotlar bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

 

 

1875 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech