Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Dekabr 2022

"Katta to‘rtlik" (Big 4) xalqaro konsalting kompaniyalari tomonidan Davaktiv agentligida malaka oshirish dasturlari o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 7 dekabr kuni Davaktiv agentligi hamda "Deloitte" xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan Agentlik xodimlari uchun "Deloitte" kompaniyasining konsalting bo‘yicha direktori Rustam Muxametshin ishtirokida "Korporativ boshqaruv" va "Komplaens" mavzularida seminar tashkil etildi.

Mazkur seminar "Katta to‘rtlik" (Big 4) turkumiga kiruvchi xalqaro audit va konsalting kompaniyalari tomonidan Davaktiv agentligi xodimlarini malakasini oshirish dasturlari doirasida tashkil etilgan. Bundan avval shu kabi seminarlar “KPMG” xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan ham o‘tkazilgan edi.

Ma'lumot uchun: "Deloitte" – audit, soliq va konsalting xizmatlarini ko‘rsatuvchi xalqaro kompaniyalar tarmog‘i hisoblanadi.

Tadbir davomida Agentlik faoliyati misolida samarali korporativ boshqaruvni shakllantirishning amaliy masalalariga, shuningdek, komplaens funksiyasini amalga oshirishning ilg‘or tajribalariga e'tibor qaratildi.

Xorijiy kompaniyalar tajribasidan kelib chiqib, direktorlar kengashi, qo‘mitalar va boshqaruv organlarining o‘zaro hamkorligi tamoyillari va tartiblari, shuningdek, korporativ boshqaruv yetuklik darajasini oshirishning amaliy zarurati o‘rganildi.

Seminarda O‘zbekiston kompaniyalari tomonidan komplaens funksiyasini amalga oshirish ustida ish olib borilayotgani inobatga olinib, mazkur masala bo‘yicha xalqaro tajriba almashish maqsadida Agentlik xodimlari bilan interaktiv muloqot o‘tkazildi.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda korporativ boshqaruv va qonun hujjatlariga rioya etish sohasida qonunchilik va me'yoriy-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish bo‘yicha kelgusida olib borilayotgan ishlar uchun seminarning samaradorligini ta'kidladilar.

1822 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech