Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Iyul 2024

“International” mehmonxonasini xususiylashtirish yuzasidan AXBOROT

Avval xabar berilganidek“International” mehmonxonasidagi davlat ulushini (keyingi o‘rinlarda – Mehmonxona) xususiylashtirish jarayoninnng Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi boshlangan vaarizalar joriy yil15 iyulga qadarqabul qilingan.

Mazkur xususiylashtirish jarayonlari “Deloitte” kompaniyasi tomonidan Xususiylashtirish bo‘yicha maslahatchi sifatida olib borilmoqda.

Xususiylashtirish jarayonlarining mazkur Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) bosqichi doirasida keng qamrovli marketing ishlari amalga oshirildi, jumladan investitsiya tizerlari Deloitte xalqaro aloqalari orqali salohiyatli investorlarga yuborilib individual muloqotga kirishilgan.

Natijada, 2024 yil 15 iyulga qadar dunyoning turli mamlakalaridan, jumladan Arab davlatlari, Sharqiy Osiyo va Yevropa mamlakatlaridan 6 nafar xalqaro investorlar tomonidan sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish (Express of interest) to‘g‘risidagi arizalar kelib tushgan. Kelib tushgan barcha arizalar, ushbu bosqichda belgilangan mezonlarga, xususan:

  • davlat ulushini sotib olish uchun to‘lovga qobiliyatliligi;
  • xususiylashtirish jarayonida ishtirok etilishini taʼqiqlashi mumkin bo‘lgan maʼmuriy, hakamlik yoki boshqa sud jarayonlarining yo‘qligi;
  • O‘zbekiston Respublikasining 660-II-sonli “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuniga rioya etilishi;
  • Talabgor (konsorsium holatida, konsorsium aʼzolaridan hech biri) va uning tegishli shaxslaridan hech biri Yevropa Ittifoqi va AQSHning, shuningdek yirik xalqaro moliya institutlarining (Jahon banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki) sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilmaganligi.

O‘rganish natijasida barcha arizalar yuqoridagi mezon talablariga muvofiqligi aniqlandi. Shunga ko‘ra barcha 6 nafar talabgorlar"Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO)" larini tayyorlash uchun ushbu bosqichini bo‘yicha batafsil maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan tegishli Jarayon xati (Process Letter) orqali individual ravishda yuborldi.

Sotuv jarayonining joriy "Majburiyatga ega bo‘lmagan taklif (NBO)" bosqichi to‘g‘risida:

Endilikda, mazkur bosqichga o‘tgan talabgorlar bilan Axborotni oshkor etmaslik to‘g‘risidagi bitim (NDA) imzolanadi va majburiyatga ega bo‘lmagan tijorat takliflarini tayyorlash uchun yetarli bo‘lgan maʼlumotlar, jumladan “Deloitte” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan Aktiv faoliyati to‘g‘risidagi umumiy maʼlumotlar saqlanadigan virtual maʼlumotlar xonasiga (VDR) kirish imkoniyati yaratiladi.

Deloitte kompaniyasi tomonidan Mehmonxonani sotib olish narxi bo‘yicha majburiyatga ega bo‘lmagan takliflarni (NBO) joriy yil 19-avgustga qadar qabul qilinadi.

Sotuv jarayonining joriy keyingi bosqichi to‘g‘risida:

Majburiyatga ega bo‘lgan taklif (BO) qabul qilish bosqichiga o‘tgan talabgorlarga “Deloitte” kompaniyasi tomonidan tayyorlangan tahliliy maʼlumotlar (Due-diligence) bilan tanishish, aktivga tashrif buyurgan holda uning boshqaruv organiga savollar berish imkoniyati yaratiladi.

Davaktiv agentligi xususiylashtirish jarayoniga qiziqish bildirgan va arizalar topshirgan barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiradi hamda Aktivni sotib olish bo‘yicha qiziqish bildirish bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar bilan kelgusidagi konstruktiv hamkorlikka ishonch bildiradi.

643 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech