Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 May 2024

Iqtisodiyot sektorlarida xususiylashtirish darajasini baholash metodologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha konsalting kompaniyasini jalb qilish to'g'risida e'lon

Soʻngi yillarda, iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, raqobat muhiti mavjud boʼlgan sohalarda xususiy sektor ishtirokini yanada koʼpaytirish, shuningdek, nosohaviy, samarasiz foydalanilayotgan va boʼsh turgan davlat mulkini xususiylashtirish orqali xususiy sektor ulushini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar olib borilmoqda.

Yuqorida qayd etilgan islohotlarni tizimli davom ettirish maqsadida, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Davaktiv agentligi/buyurtmachi)ga iqtisodiyot sohalarida xususiy sektor ulushini oshirish, aktivlarini xususiylashtirish holatini baholash metodologiyasini ishlab chiqish yuzasidan konsultantlarni jalb etish vazifasi topshirilgan.

Shu munosabat bilan, Davaktiv agentligi xususiylashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ishtirokini oshirish boʻyicha respublika va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalarga yuklatilgan vazifalar holatini baholash metodologiyasini (keyingi oʻrinlarda – Metodologiya) ishlab chiqish uchun professional konsalting kompaniyasini (keyingi oʻrinlarda – Konsultant) jalb qilish boʻyicha tanlov eʼlon qiladi.

Barcha qiziqish bildirgan talabgorlardan Taklif taqdim etish uchun soʻrovnomaga (RfP) asosan tijorat takliflarini 2024-yil 21-iyun kuni soat 18:00 ga (Toshkent vaqti bilan) qadar taqdim etishlarini soʻraymiz.

Agar, birgalikda qoʻshma tijorat taklifi taqdim etilsa, jalb qilingan sherik — konsultantning ham ishini muvofiqlashtirish uchun masʼul boʻlgan va javobgarlikni zimmasiga oladigan asosiy konsultant koʻrsatilishi lozim.

Barcha manfaatdor tomonlar quyidagi axborot kanallari orqali tijorat takliflarini taqdim etishlari soʻraladi (kodlangan holda):

Ibragimov Mahmud Bahodirovich – Bo'lim bosh mutaxassisi;

Telefon: +998-71-259-22-24;

E-mail: tender@davaktiv.uz

Diskleymer

Mazkur soʻrovnoma tijorat taklifini taqdim etish majburiyati hisoblanmaydi va Buyurtmachiga taklifni qabul qilish yoki shartnoma tuzish majburiyatini yuklamaydi. Shunga koʻra, takliflar uchun ushbu soʻrovnomani eʼlon qilish va/yoki u bilan bogʻliq arizalarni olish, bir yoki bir nechta ishtirokchilar bilan muzokaralar va muhokamalar orqali shartnoma tuzishni nazarda tutmaydi.

Ushbu hujjatda keltirilgan materiallar va maʼlumotlar loyihaning faqat eng muhim tomonlarining dastlabki xulosasi va Konsultantdan Metodologiya boʻyicha kutilishi mumkin boʻlgan ishlar hajmi toʻgʻrisida umumiy maʼlumot sifatida xizmat qilishiga moʻljallangan.

Tanlov ishtirokchilari hech narsaga ishonib va bogʻlanib qolishlari kerak emas, tanlov jarayoni bilan bogʻliqlikda buyurtmachi uchun dastlabki taqdimot va takliflarni tayyorlash maqsadida yagona cheklov bundan mustasno.

Aktivlarni xususiylashtirish va iqtisodiyotda xususiy sektor ishtirokini oshirishda respublika va mahalliy hokimiyat organlari, shuningdek, davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan amalga oshirilgan ishlarni baholash metodologiyasini ishlab chiqish boʻyicha konsultant jalb qilish yuzasidan taklif taqdim etish uchun soʻrovnoma (RfP) 

Kirish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-162-son qaroriga asosan iqtisodiyotning xususiy sektor rivojlangan tarmoqlarida davlat ishtirokini qisqartirish, xususiy sektor faoliyati uchun qulay raqobat muhitini yaratish boʻyicha vazifalar ijrosini baholash metodologiyasini tasdiqlashini taʼminlash, shuningdek kelgusida xususiylashtirish jarayonlarini tezlashtirish va u asosida 2024-yil yakunidan boshlab reytinglarni shakllantirish va eʼlon qilib borish belgilangan.

Konsultantlardan kutilayotgan takliflar tuzilmasi va ularga qoʻyiladigan talablar:

  • ushbu texnik topshiriq maqsadlari va predmetiga mos keladigan (oʻxshash) xalqaro tajribalarni oʻrganish;
  • Oʻzbekiston Respublikasining makroiqtisodiy tahlili (tarmoqlar boʻyicha, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar dinamikasi va boshqalar);
  • Muayyan tarmoqni rivojlantirish uchun masʼul boʻlgan davlat organlari roʻyxatini shakllantirish;
  • Tarmoqlar kesimida iqtisodiyotda davlatning ulushini aniqlash;
  • sohalar kesimida raqobat darajasini tahlil qilish va baholash maqsadida bozorlarga yangi ishtirokchilar kirib kelishi; xususiy korxonalar ulushlarining oʻzgarishi; raqobat sohasidagi qonun buzilishlar boʻyicha shikoyatlar miqdorini aniqlash (Raqobatni rivojlantirish va isʼtemolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan hamkorlikda);
  • Alohida sohalarga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini oʻrganish orqali davlat aralashuvi darajasini baholash;
  • Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish boʻyicha vazifalarni bajarishda erishilgan yutuqlarni suhbat asosida tahlil qilish, shu jumladan iqtisodiyotning xususiy sektorga oʻtgan ulushini koʻrib chiqish;
  • Xususiy sektor dinamikasini, jumladan, xususiy investitsiyalarning oʻsishini, xususiy korxonalar sonining koʻpayishini, raqobat va innovatsiyalarning darajasini ortishini oʻrganib chiqish;
  • Xususiy korxonalarning mahsuldorligi va samaradorligini taqqoslash va ularni davlat korxonalari bilan solishtirish;

Olingan maʼlumotlar asosida sohada xususiy sektor ulushining muttasil oʻsishini, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek, nosohaviy, samarasiz foydalanilayotgan va boʻsh turgan aktivlarni xususiylashtirish holatini baholash metodikasini ishlab chiqish, xususan:

  • Oʻzbekiston Respublikasida qabul qilingan xususiylashtirish dasturlariga muvofiq xususiylashtirishning maqsadli koʻrsatkichlarini belgilash;
  • respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik jamiyatlari tomonidan sohada xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek nosohaviy, samarasiz foydalanilayotgan va boʻsh turgan aktivlarni xususiylashtirish holatini baholashning maqsadli koʻrsatkichlari roʻyxatini shakllantirish;
  • aktivlarni xususiylashtirish va xususiy sektor ulushini oshirish boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar roʻyxatiga asosan reytinglar taqdim etish tamoyili;
  • aktivlar va xizmatlar boʻyicha koʻrsatkichlarni hisoblash formulasi;
  • respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, xoʻjalik jamiyatlariga berilgan reytingga muvofiq asosiy standartlashtirilgan tavsiya va tashabbuslar;
  • baholash va respublika va ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik jamiyatlariga reyting berish uchun boshlangʻich nuqtani aniqlash;
  • Qaror doirasida vazifalar yuklangan davlat organlari va davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari bilan Metodologiya loyihasini muhokama qilish maqsadida seminar tashkil etish va oʻtkazish;
  • Metodologiyani va uni bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni tasdiqlashni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash;
  • Ijro holatini va masʼul organlar reytingini monitoringini yuritish boʻyicha takliflar;
  • Birinchi reyting loyihasini tayyorlashda yordam berish.

Qabul qilingan takliflarni saralash jarayonlari haqida:

Konsultantning (yakka arizachi yoki Konsorsium) taklifi oʻzbek va rus tillarida tayyorlanishi va quyidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi kerak:

  1. Jarayonini tashkillashtirish boʻyicha konsultantning kelgusidagi harakatlar ketma-ketligini va ish koʻlamini oʻz ichiga olgan rejasi. Konsultantning tavsiyalari va takliflariga qisqa vaqt ichida tegishli javob berilgan taqdirda, jarayonning davomiyligi boʻyicha xulosasi (10 ballgacha);
  2. Xizmat haqining qatʼiy qismi yagona raqam shaklida (QQS va boshqa xarajatlar bilan birga) boʻlishi va konsultantning subyektiv taxminlaridan holi boʻlishi lozim (40 ballgacha);
    Agar xizmat haqi narxlar oraligʻida berilgan boʻlsa, unda taklifni baholash uchun uning yuqori chegarasi qabul qilinadi. Qoʻshimcha joriy xarajatlar (xizmat safari, tarjima va boshqalar uchun) belgilangan qatʼiy qismiga kiritilishi kerak;
  3. Shu toifadagi aktivlar doirasida konsultantlarning ish tajribasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, shuningdek, 2019-yil 1-yanvar kunidan boshlab hozirgi davrga qadar MDH mintaqasidagi mandatlar toʻgʻrisida maʼlumot (25 ballgacha);
  4. Taklif etilgan loyihaga jalb qilingan jamoa haqida maʼlumot, shaxslarning ismlari va ularning maʼlumotlari koʻrsatilgan holda: ish tajribasi, faoliyat muddati, shunga oʻxshash loyihalarda umumiy tajriba va ularni amalga oshirish boʻyicha malakasi. Jamoa aʼzolarining oʻzbek tilini bilishi afzallik beriladi. (25 ballgacha)

Belgilangan vazifalarni bajarish uchun yetarli malaka, shuningdek, inson, vaqt va moddiy resurslar mavjudligi toʻgʻrisida yozma ariza;

Manfaatlar toʻqnashuvi mavjudligi haqida maʼlumot.

1475 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech