Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

02 Noyabr 2023

1-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

697 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 14,5 mlrd so'm bo'lgan 114 ta lot 26,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 48 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
 
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 64,4 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar madaniy meros boshqarmasi balansidagi bino qismi 70,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 25 ta
  • Boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 8,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 2,3 ga
 
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 2,3 mlrd so‘m bo‘lgan maktabgacha ta‘lim muassasalari qurish uchun 16 sotix yеr uchastkasi 7,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Navoiy viloyati Zarafshon shahridan boshlang'ich narxi 10,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3,6 sotix yеr uchastkasi 390,2 mln so‘mga sotildi.
 
Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanidan boshlang'ich narxi 6,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 0,5 sotix yеr uchastkasi 100,6 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 15 ta
  • Boshlang'ich narxi 4,3 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 71,6 mln so‘m
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 21 ta
  • Yer 572,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 10,3 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 15,8 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 234 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,8 trln so'm bo'lgan 116 983 ta lot savdoga qo'yilgan.
730 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech