Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

12 Dekabr 2023

11-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

494 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 239,7 mlrd so'm bo'lgan 802 ta lot 271,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 18 ta
  • boshlang‘ich narxi 14,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 20,3 mlrd so‘m
Andijon viloyati Baliqchi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan ma’muriy bino 4,3 mlrd so‘mga sotildi.
Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,8 mlrd so‘m bo‘lgan “Namangan agrokimyohimoya” AJ balansidagi markaziy shoxobcha binosi 5,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 91 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 79,8 mln so‘m bo‘lgan Qo‘qon davlat pedagogika instituti balansidagi bo‘sh turgan bino va oshxona binosi 199,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 113 ta
  • boshlang'ich narxi 187,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 205,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 56,7 ga
Toshkent shahri Shayxontohur tumanidan boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5,4 sotix yеr uchastkasi 7 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 71 ta
  • boshlang'ich narxi 28,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 754,7 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 392 ta
  • yer 862,8 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 21,3 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 339,2 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 2 049 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 112 540 ta lot savdoga qo'yilgan.
884 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech