Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Iyun 2023

12-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 1 832 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 62,6 mlrd so'm bo'lgan 1 554 ta lot 89,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 18 ta
  • Boshlang‘ich narxi 20,6 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 31,8 mlrd so‘m
Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,7 mlrd so‘m bo‘lgan Bo'sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh bino va inshootlar 14 mlrd so‘mga sotildi.
Sirg‘ali tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 6,5 mlrd so‘m Bo'sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi balansidagi bino va inshootlar 7,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 31 ta
  • Boshlang‘ich narxi 788,9 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
Xonqa tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 381,6 mln so‘m bo‘lgan Xonqa pedagogika kolleji balansidagi bo‘sh turgan bino 419,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 150 ta
  • Boshlang'ich narxi 10,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 16,7 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 20,4 ga
Angren shahridan boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m bo‘lgan to‘qimachilik va trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyati uchun 2,04 gektar yеr uchastkasi 2,4 mlrd so‘mga sotildi.
Andijon tumanidan boshlang'ich narxi 507,5 mln so‘m bo‘lgan quyosh panellarini ishlab chiqarish faoliyati uchun 1,5 gektar yеr uchastkasi 558,2 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 1 081 ta
  • Yer maydoni 1 151,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 29 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 18,6 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 125 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8 trln so'm bo'lgan 131 799 ta lot savdoga qo'yilgan.
596 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech