Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

13 Oktyabr 2023

12-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 230 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 10,3 mlrd so'm bo'lgan 120 ta lot 28,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 2 ta
  • Boshlang‘ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 10,3 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 4,1 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq ma‘muriy bino 9,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 18 ta
  • Boshlang‘ich narxi 318 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 575,5 mln so‘m
Toshkent shahri Yakkasaroy tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 54,9 mln so‘m bo‘lgan ixtisoslashgan davlat maktabi balansidagi bino qismi 263,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 37 ta
  • Boshlang'ich narxi 2,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 6,2 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 1,7 ga
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 173 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turarjoy binolari va majmualari qurish uchun 8 sotix yеr uchastkasi 1,04 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 42 ta
  • Boshlang'ich narxi 10,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 103,5 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 7 ta
  • Yer 200,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,2 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 9,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 448 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 116 877 ta lot savdoga qo'yilgan.
522 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech