Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Avgust 2024

13-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

535 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 60,9 mlrd so'm bo'lgan 394 ta lot 114,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi. 

Davlat aktivlari:

  • soni 16 ta 
  • boshlang'ich narxi 8,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,7 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati Izboskan tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 548,3 mln so‘m bo‘lgan Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi mehmonxona bino-inshootlari 2,4 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari: 

  • soni 2 ta 
  • boshlang'ich narxi 7,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8,2 mlrd so‘m
  • Farg'ona viloyati Bag'dod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1 mlrd so‘m bo‘lgan "Farg'ona agrokimyohimoya" AJ balansidagi "Paxtakor" shoxobchasi 1,1 mlrd so‘mga sotildi. 

Davlat mulkini ijaraga berish: 

  • soni 29 ta
  • boshlang'ich narxi 264 mln so‘m
  • sotilgan narxi 429 mln so‘m
  • Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 10,6 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansidagi oshxona 95 mln so‘mga ijaraga berildi. 

Yer uchastkalari: 

  • soni 146 ta 
  • boshlang'ich narxi 42,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 91 mlrd so‘m
  • yer maydoni 12,6 ga 
  • Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlang‘ich narxi 36,4 mlrd so‘m bo‘lgan savdo va ko‘ngil ochar majmualari hamda turar joy binolari qurish uchun 1,31 gektar yеr uchastkasi 81,8 mlrd so‘mga sotildi. 

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi: 

  • soni 152 ta 
  • boshlang'ich narx 611 mln so'm
  • sotilgan narx 710 mln so'm
  • yer maydoni 115,1 ga 

O'tkazilgan savdolarda 801 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi. 
Hozirda, narxi 13,8 trln so'm bo'lgan 144 297 ta lot savdoga qo'yilgan.

2259 Chop etish