Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Dekabr 2023

13-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

148 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 24,6 mlrd so'm bo'lgan 205 ta lot 61,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 1 ta
  • boshlang‘ich narxi 37,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 40,9 mln so‘m
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 86 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 163,4 mln so‘m bo‘lgan Jamoat salomatligi texnikumi balansidagi bino 179,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 47 ta
  • boshlang'ich narxi 439,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 494,1 mln so‘m
  • yer maydoni 1,9 ga
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidan boshlang'ich narxi 24,3 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 26,7 mln so‘mga sotildi.
Sirdaryo viloyati Yangiyer shahridan boshlang'ich narxi 24,2 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 2,3 sotix yеr uchastkasi 26,6 mln so‘mga sotildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahridan boshlang'ich narxi 14,5 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 20,2 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 49 ta
  • boshlang'ich narxi 20,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 119,4 mln so‘m
Farg'ona viloyati O'zbekiston tumanidan boshlang'ich narxi 2 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 4,5 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 16 ta
  • yer 506,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 21,2 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 36,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 379 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,8 trln so'm bo'lgan 114 383 ta lot savdoga qo'yilgan.
1305 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech