Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Iyun 2023

13-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 772 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so'm bo'lgan 858 ta lot 2,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 40 ta
  • Boshlang‘ich narxi 784,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 14,1 mln so‘m bo‘lgan Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi balansidagi oshxona binosi 101,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 154,8 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston milliy universiteti balansidagi ekologiya va gidrometrologiya fakultetining tom qismi 170,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 10 ta
  • Boshlang‘ich narxi 125,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 376,2 mln so‘m
  • Yer maydoni 0,4 ga
Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumanidan boshlang'ich narxi 48,7 mln so‘m bo‘lgan maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 53,6 mln so‘mga sotildi.
Jizzax viloyati Zomin tumanidan boshlang'ich narxi 6,1 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 0,6 sotix yеr uchastkasi 26,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 86 ta
  • Boshlang‘ich narxi 21,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 134,1 mln so‘m
Sirdaryo viloyati Boyovut tumanidan boshlang'ich narxi 0,9 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 1,2 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 717 ta
  • Yer maydoni 2146,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 33,7 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 57,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 3 723 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9 trln so'm bo'lgan 130 781 ta lot savdoga qo'yilgan.
672 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech