Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Noyabr 2023

13-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

66 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 108,5 mlrd so'm bo'lgan 888 ta lot 233,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 21 ta
  • boshlang‘ich narxi 20,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 25,6 mlrd so‘m
Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,6 mlrd so‘m bo‘lgan “Respublika don mahsulotlarini himoya qilish ekspeditsiyasi” MChJ ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 4,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 13 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,8 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 853,3 mln so‘m bo‘lgan Termiz davlat pedagogika instituti balansidagi bo‘sh turgan o‘quv va xo‘jalik binolari 938,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 55 ta
  • boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 9,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,2 ga
Toshkent viloyati Nurafshon shahridan boshlang'ich narxi 299,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 33 sotix yеr uchastkasi 2,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 54 ta
  • boshlang'ich narxi 18,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 639,6 mln so‘m
Xorazm viloyati Qo'shko'pir tumanidan boshlang'ich narxi 2,5 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 4,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 664 ta
  • yer 2419,1 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 55,4 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 156,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 835 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,6 trln so'm bo'lgan 114 664 ta lot savdoga qo'yilgan.
442 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech