Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Oktyabr 2023

13-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

368 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 77,2 mlrd so'm bo'lgan 392 ta lot 98,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 23 ta
  • Boshlang‘ich narxi 51,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 57,2 mlrd so‘m
Namangan viloyati Pop tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 40,8 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Namangan viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi briket ishlab chiqarish zavodi bino-inshootlari 43 mlrd so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 2 mlrd so‘m bo‘lgan Chirchiq shahar "Xususiylashtirishga ko‘maklashish markazi" DK balansidagi sobiq hammom va kir yuvish binosi 2,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 31 ta
  • Boshlang‘ich narxi 756 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 557,4 mln so‘m bo‘lgan “Yangi O‘zbekiston bog‘i obyektlarini saqlash va ekspluatatsiya qilish direksiyasi” DUK balansidagi obyekt 724,6 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 89 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 7,5 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 18,4 ga
 Toshkent viloyati Nurafshon shahridan boshlang'ich narxi 38,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 9,5 sotix yеr uchastkasi 1,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 74 ta
  • Boshlang'ich narxi 18,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 31,8 mln so‘m
 Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 131 ta
  • Yer 309,4 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 8,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 13,5 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 051 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 116 717 ta lot savdoga qo'yilgan.
478 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech