Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

14 Sentyabr 2023

13-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

228 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so'm bo'lgan 187 ta lot 8,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 48 ta
  • boshlang‘ich narxi 497,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 10,1 mln so‘m bo‘lgan Mudofaa vazirligi Jizzax hududiy uy-joydan foydalanish qismi balansidagi binoning bo‘sh turgan xonasi 502,2 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 717 mln so‘m
  • sotilgan narxi 6,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,1 ga
  • Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridan boshlang'ich narxi 132,7 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 25 sotix yеr uchastkasi 146 mln so‘mga sotildi.
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jayli tumanidan boshlang'ich narxi 19,2 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 21,1 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 41 ta
  • boshlang'ich narxi 11,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 39,2 mln so‘m
  • Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanidan boshlang'ich narxi 0,6 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 8,4 mln so'mga sotildi.

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 65 ta
  • yer 644,7 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 12,6 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 35,7 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 477 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,5 trln so'm bo'lgan 119 429 ta lot savdoga qo'yilgan.

488 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech