Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Dekabr 2023

14-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

646 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 53,9 mlrd so'm bo'lgan 152 ta lot 67 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 11 ta
  • boshlang‘ich narxi 25 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 27 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 12,9 mlrd so‘m bo‘lgan "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ balansidagi ma’muriy majmua 13,6 mlrd so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,9 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi sobiq ma’muriy bino 4,1 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 46 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,4 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 90 mln so‘m bo‘lgan Farg‘ona davlat universiteti balansidagi oshxona binosi 98,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 262,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m
  • yer maydoni 0,9 ga
Xorazm viloyati Gurlan tumanidan boshlang'ich narxi 29,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 227,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 13 ta
  • boshlang'ich narxi 5,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 136,1 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 1 ta
  • yer 0,6 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 61,3 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 122,7 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 524 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,7 trln so'm bo'lgan 113 337 ta lot savdoga qo'yilgan.
1264 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech