Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Iyun 2023

14-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

523 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 2,6 mlrd so'm bo'lgan 323 ta lot 5,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • Soni 48 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,1 mlrd so‘m

Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 890,9 mln so‘m bo‘lgan “Angren logistika markazi” AJ balansidagi asfaltlangan maydon 935,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
Toshkent shahri Sergeli tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 302,4 mln so‘m bo‘lgan “Uzbekistan airports” AJ balansidagi umumiy ovqatlanish joyi 393,1 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • Soni 33 ta
  • Boshlang‘ich narxi 704 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 990,5 mln so‘m
  • Yer maydoni 4,9 ga

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidan boshlang'ich narxi 28,6 mln so‘m bo‘lgan un, don va ozuqa ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun 23 sotix yеr uchastkasi 60,1 mln so‘mga sotildi.
Xorazm viloyati Xazorasp tumanidan boshlang'ich narxi 45,1 mln so‘m bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyektlari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 49,6 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 96 ta
  • Boshlang‘ich narxi 14,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 92,1 mln so‘m

Farg'ona viloyati Buvayda tumanidan boshlang'ich narxi 0,06 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 1,1 mln so'mga sotildi.

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 140 ta
  • Yer maydoni 870,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 16,9 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,6 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 765 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

Hozirda, narxi 10,4 trln so'm bo'lgan 133 148 ta lot savdoga qo'yilgan.

626 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech