Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

15 Noyabr 2023

14-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

282 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 13,8 mlrd so'm bo'lgan 191 ta lot 20,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 4 ta
  • Boshlang‘ich narxi 6,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 7,8 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Navoiy Hunan Pulp” MChJ QKdagi 52,49 foiz davlat ulushi uchun 5,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 77 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 60,9 mln so‘m bo‘lgan Irrigatsiya va suv muommolari ilmiy-tadqiqot instituti balansidagi bino qismi 73,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 54 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,6 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 3,3 ga
Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 115,8 mln so‘m bo‘lgan kichik turdagi dam olish maskani, mehmon uyi qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 463,1 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 24 ta
  • Boshlang'ich narxi 7,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 55,8 mln so‘m
Jizzax viloyati Zomin tumanidan boshlang'ich narxi 0,9 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 42,2 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 10 ta
  • Yer 174,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 518 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,3 trln so'm bo'lgan 114 856 ta lot savdoga qo'yilgan.
357 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech