Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Dekabr 2023

15-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

110 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 18,8 mlrd so'm bo'lgan 182 ta lot 24,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 8 ta
  • boshlang‘ich narxi 11,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12,6 mlrd so‘m
Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 5 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Namangan mintaqaviy filiali balansidagi savdo majmuasi va xizmat ko‘rsatish bino-inshootlari 5,3 mlrd so‘mga sotildi.
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 2,4 mlrd so‘m bo‘lgan “Asakabank” AJ balansidagi ofis, omborxona bino-inshootlari 2,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 37 ta
  • boshlang‘ich narxi 997,5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,04 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 171 ming so‘m bo‘lgan Buxoro davlat tibbiyot insituti balansidagi ma‘muriy binoning qismi 14,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 52 ta
  • boshlang'ich narxi 597,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,2 ga
Toshkent shahri Yashnobod tumanidan boshlang'ich narxi 110,9 mln so‘m bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 70 metr kvadrat yеr uchastkasi 343,7 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 29 ta
  • boshlang'ich narxi 18,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 247 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 8 ta
  • yer 479,5 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 587,6 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,2 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 638 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,1 trln so'm bo'lgan 114 340 ta lot savdoga qo'yilgan.
1096 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech