Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Iyun 2023

15-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

876 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 15,7 mlrd so'm bo'lgan 535 ta lot 25,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 3 ta
  • Boshlang‘ich narxi 2,4 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,6 mlrd so‘m
Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m bo‘lgan “Toshkent shahar dori-darmon” AJ balansidagi bo'sh turgan bino 1,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 64 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 8,9 mlrd so‘m
Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 160,4 mln so‘m bo‘lgan 1-son kasb-hunar maktabi balansidagi binoning tom qismi 176,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 28 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 38,6 ga
Toshkent viloyati Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 41,1 mln so‘m bo‘lgan savdo do‘koni qurish uchun 2,6 sotix yеr uchastkasi 197,4 mln so‘mga sotildi.
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahridan boshlang'ich narxi 50,8 mln so‘m bo‘lgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun 0,7 sotix yеr uchastkasi 111,8 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 181 ta
  • Boshlang‘ich narxi 27,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 226,7 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • Soni 192 ta
  • Yer maydoni 103,1 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 5,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 6,7 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 315 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10 trln so'm bo'lgan 131 474 ta lot savdoga qo'yilgan.
845 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech