Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

16 Noyabr 2023

15-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

151 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 7,6 mlrd so'm bo'lgan 199 ta lot 12,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 61 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
Toshkent shahri Chilonzor tumanidan joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 87,7 mln so‘m bo‘lgan Toshkent shahar hokimligi balansidagi bino qismi 96,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 33 ta
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
  • yer maydoni 5,7 ga
Toshkent viloyati Bekobod shahridan boshlang'ich narxi 74,2 mln so‘m bo‘lgan yoshlar sanoat zonalaridagi poyafzal korxonalari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 81,6 mln so‘mga sotildi.
 
Xorazm viloyati Gurlan tumanidan boshlang'ich narxi 5,5 mln so‘m bo‘lgan to‘qimachilik mahsulotlari faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 43,6 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 24 ta
  • boshlang'ich narxi 5,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 253,5 mln so‘m

Samarqand viloyati Kattaqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 0,6 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 68 mln so‘mga sotildi.

 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 79 ta
  • yer 187,9 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 4,7 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 8,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 401 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,7 trln so'm bo'lgan 115 336 ta lot savdoga qo'yilgan.
414 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech