Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Noyabr 2023

16-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

190 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 22,4 mlrd so'm bo'lgan 370 ta lot 28,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 20 ta
  • boshlang‘ich narxi 10,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,6 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Bekobod shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ balansidagi ma‘muriy kompleks bino-inshooti 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 122 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,4 mlrd so‘m
Toshkent shahar Sirg‘ali tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 123,9 mln so‘m bo‘lgan “Maxsustrans-ishlab chiqarish boshqarmasi” DUK balansidagi bino qismi 136,3 mln so‘mga ijaraga berildi.
 

Yer uchastkalari:

  • soni 73 ta
  • boshlang'ich narxi 871,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 4,1 ga
Xorazm viloyati Gurlan tumanidan boshlang'ich narxi 15,7 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 102,2 mln so‘mga sotildi.
Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumanidan boshlang'ich narxi 20,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 26 sotix yеr uchastkasi 60,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 88 ta
  • boshlang'ich narxi 23,4 mln so‘m
  • sotilgan narxi 188,7 mln so‘m
Farg'ona shahrida boshlang'ich narxi 1,5 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 6,9 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 3 ta
  • yer 62,2 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 4,3 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 5,7 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 108 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,5 trln so'm bo'lgan 113 702 ta lot savdoga qo'yilgan.
441 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech