Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

17 Oktyabr 2023

16-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

385 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 49 mlrd so'm bo'lgan 1 135 ta lot 60,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 29 ta
  • Boshlang‘ich narxi 27,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 30,7 mlrd so‘m
 
Andijon viloyati Oltinko'l tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 907 mln so‘m bo‘lgan "Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki" AJ balansidagi savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binosi 952 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 55 ta
  • Boshlang‘ich narxi 336 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 563,3 mln so‘m
 
Farg‘ona viloyati O‘zbekiston tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 88,6 mln so‘m bo‘lgan tuman hokimligi balansidagi bo‘sh turgan bino 97,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 38 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,6 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 10 ga
 
Buxoro viloyati Olot tumanidan boshlang'ich narxi 21,5 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualari qurish uchun 3,6 sotix yеr uchastkasi 365,9 mln so‘mga sotildi.
 
Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:
  • Soni 3 ta
  • Boshlang'ich narxi 42,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
 
Noruda qazilmalarni qazish huquqi:
  • Soni 23 ta
  • Boshlang'ich narxi 240,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,1 mlrd so‘m
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 738 ta
  • Yer 955,7 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 12,8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 16,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 2 143 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,1 trln so'm bo'lgan 113 906 ta lot savdoga qo'yilgan.
417 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech