Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 May 2023

17-may sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

793 ta lot ochiq auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 978 mln so'm bo'lgan 534 ta lot 2,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 56 ta
  • boshlang‘ich narxi 375,5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Mirobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 29,2 mln so‘m bo‘lgan Turkiyaning iqtisodiyot va texnologiyalar universiteti balansidagi bino qismi 105,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
  • Sirdaryo viloyati Guliston shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 5,5 mln so‘m bo‘lgan Sirdaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi balansidagi bino qismi 144,3 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 393,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 436 mln so‘m
  • yer maydoni 3,41 ga
  • Buxoro viloyati Jondor tumanidan boshlang'ich narxi 29 mln so‘m bo‘lgan metallni qayta ishlash korxonalari qurish uchun 29 sotix yer uchastkasi 32 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 33 ta
  • boshlang‘ich narxi 8,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 15,1 mln so‘m
  • Andijon viloyati Baliqchi tumanidan boshlang'ich narxi 0,3 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 3,1 mln so'mga sotildi.

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 409 ta
  • yer maydoni 168,5 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 6,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 10,2 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 250 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 132 398 ta lot savdoga qo'yilgan.

701 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech