Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

18 Sentyabr 2024

17-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

615 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 72,4 mlrd so'm bo'lgan 367 ta lot 89,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
  • soni 2 ta
  • boshlang'ich narxi 8,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8,9 mlrd so‘m
Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 8,2 mlrd so‘m bo’lgan "Asakabank" AJ ga balansidagi noturar joy binosi va yog' ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan iborat mulkiy majmua 8,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulki ijarasi:
  • soni 16 ta
  • boshlang'ich narxi 369,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 472,9 mln so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 7 mln so‘m bo‘lgan Ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi balansidagi oshxona 81,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 205 ta
  • boshlang'ich narxi 58,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 73 mlrd so‘m
  • yer maydoni 16,6 ga
Toshkent viloyati Yangiyo'l tumanidan boshlang'ich narxi 73,5 mln so‘m bo‘lgan novvoyxona tashkil etish uchun 3,9 sotix yеr uchastkasi 88,2 mln so‘mga sotildi.
Buxoro viloyati Kogon shahridan boshlang'ich narxi 52,8 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 3 sotix yеr uchastkasi 68,6 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 80 ta
  • boshlang'ich narx 444 mln so'm
  • sotilgan narx 598 mln so'm
  • yer maydoni 98,6 ga
Sud va boshqa ijro hujjatlari bo'yicha mulklar:
  • soni 20 ta
  • boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 3,8 mlrd so‘m
O'tkazilgan savdolarda 962 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 14,9 trln so'm bo'lgan 143 242 ta lot savdoga qo'yilgan.
4764 Chop etish