Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Avgust 2023

18-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

294 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 24,9 mlrd so'm bo'lgan 357 ta lot 65,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 3 ta
  • boshlang‘ich narxi 2,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan ATB "Xalq banki" balansidagi omborxona va molxona binolari 1,5 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 22 ta
  • boshlang‘ich narxi 122,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,8 mlrd so‘m
  • Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 11,8 mln so‘m bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan dizayn maktabi balansidagi bino qismi 361,6 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 71 ta
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 37,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,7 ga
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan boshlang'ich narxi 6,4 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 115,9 mln so‘mga sotildi.
  • Farg‘ona viloyati Quvasoy shahridan boshlang'ich narxi 8,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 1 sotix yеr uchastkasi 121,4 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 177 ta
  • boshlang'ich narxi 38,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 576,2 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 48 ta
  • yer maydoni 33,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,8 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,4 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 031 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,2 trln so'm bo'lgan 127 081 ta lot savdoga qo'yilgan.

484 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech