Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Yanvar 2024

18-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

256 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 24,4 mlrd so'm bo'lgan 287 ta lot 36,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 13 ta
  • boshlang‘ich narxi 4,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8,1 mlrd so‘m
  • Andijon viloyati Baliqchi tumanidan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan ma’muriy bino 3,8 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 123 ta
  • boshlang'ich narxi 6,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 11,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 11 ga
  • Toshkent viloyati Toshkent tumanidan boshlang'ich narxi 2,7 mlrd so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 11 sotix yеr uchastkasi 6,6 mlrd so‘mga sotildi.
  • Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidan  boshlang'ich narxi 480,8 mln so‘m bo‘lgan sport-sog‘lomlashtirish markazlari qurish uchun m bo‘lgan 83 sotix yеr uchastkasi 528,8 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 18 ta
  • boshlang'ich narxi 4,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,6 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati Qibray tumanidan boshlang'ich narxi 3 mlrd so‘m bo'lgan ko‘chmas mulk 3,4 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 2 ta
  • yer 33,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 559 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 2,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 912 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 110 430 ta lot savdoga qo'yilgan.
1246 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech