Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

19 Oktyabr 2023

18-oktabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

292 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 5,2 mlrd so'm bo'lgan 192 ta lot 9,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 63 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
 
Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 90,4 mln so‘m bo‘lgan “O'zsuvqurilish” AJ balansidagi bino hovlisining maydoni 99,5 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 72 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,7 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 12,2 ga
Sirdaryo viloyati Guliston shahridan boshlang'ich narxi 47,9 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi paxtani qayta ishlash korxonalari qurish uchun 37 sotix yеr uchastkasi 52,6 mln so‘mga sotildi.
 
Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:
  • Soni 2 ta
  • Boshlang'ich narxi 305,2 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 335,7 mln so‘m

Samarqand viloyati Urgut tumanidan boshlang'ich narxi 152,6 mln so‘m bo‘lgan Zarafshon daryosi o‘zanini tozalash loyihasini amalga oshirish huquqi 167,9 mln so‘mga sotildi.

 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 19 ta
  • Yer 236,3 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,2 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 416 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 114 858 ta lot savdoga qo'yilgan.
509 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech