Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Dekabr 2020

19-dekabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

226 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 10,9 mlrd so'm bo'lgan 125 ta lot 28,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 72 ta
  • boshlang‘ich narxi 860 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,5 mlrd so‘m bo‘lgan “Yo‘lreftrans” AJ balansidagi termos vagonlar (50 dona) 8,5 mlrd so‘mga ijaraga berildi.

Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 14,3 mln so‘m bo‘lgan davlat umumta’lim maktabi balansidagi oshxona 163,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 31 ta
  • boshlang'ich narxi 721,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 805,4 mln so‘m
  • yer maydoni 2,2 ga
Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridan boshlang'ich narxi 389,2 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi metalni qayta ishlash korxonalarini tashkil etish uchun 1,29 gektar yеr uchastkasi 430 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 44,2 mln so‘m bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash obyektlari qurish uchun 5 sotix yеr uchastkasi 48,7 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 13 ta
  • boshlang'ich narxi 3,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 4 mln so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 5 ta
  • yer 65,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,5 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,1 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 282 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11 trln so'm bo'lgan 115 498 ta lot savdoga qo'yilgan.
151 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech