Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Fevral 2024

19-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

608 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 75,1 mlrd so'm bo'lgan 474 ta lot 152,5 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 27 ta
  • boshlang'ich narxi 12,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 15,3 mlrd so‘m
  • Toshkent viloyati O'rtachirchiq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 956,2 mln so‘m bo‘lgan O‘rtachirchiq tuman hokimligi balansidagi bo‘sh turgan bino-inshootlar 1,3 mlrd so'mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 70 ta
  • boshlang'ich narxi 665 mln so‘m
  • sotilgan narxi 4,3 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 19 mln so‘m bo‘lgan Axborot kutubxona markazi balansidagi bo'sh turgan xona 357,9 mln so'mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 125 ta
  • boshlang'ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 16,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 5,9 ga
  • Farg'ona viloyati Beshariq tumanidan boshlang'ich narxi 14,7 mln so‘m bo‘lgan konserva mahsulotlarini ishlab chiqarish va qandolatchilik zavodlari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 357,9 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 78 ta
  • boshlang'ich narxi 21,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 27,1 mlrd so‘m
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 84 ta
  • boshlang'ich narxi 22 mln so‘m
  • sotilgan narxi 443 mln so‘m
  • Sirdaryo viloyati Guliston tumanidan boshlang'ich narxi 0,6 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 20,1 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 598 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,5 trln so'm bo'lgan 104 302 ta lot savdoga qo'yilgan.
695 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech