Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

20 Yanvar 2023

19-yanvar sanasida o‘tkazilgan onlayn savdolar natijasi

       6 344 ta mulk savdoga chiqarildi. Shuningdek, boshlang‘ich narxi 15,5 mlrd so‘mlik 706 ta mulk 24,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

     Davlat aktivlari:

  •  Soni 15 ta
  •  Boshlang‘ich narxi 10,7 mlrd so‘m
  •  Sotilgan narxi 12,5 mlrd so‘m

       Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi boshlang‘ich narxi 3,4 mlrd so‘mlik “Qo‘ng‘irot-Ustyurt temir yo‘l obod” parrandachilik majmuasi 3,7 mlrd so‘mga sotildi.
      Urganch shahridagi “Janubgazbutlash va qurilish” UKga qarashli narxi 171 mln so‘m bo‘lgan bo'sh bino 615,6 mln so‘mga sotildi.

     Davlat mulki ijarasi:

  • Soni 11 ta
  • Boshlang‘ich narxi 153 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 178,4 mln so‘m

     Xiva shahridan yillik ijara stavkasi 104,8 mln so‘mlik “Qo’ng’irot mintaqaviy temir yo’l uzeli” UKga qarashli boʻsh turgan ikki qavatli bino uchun 115,2 mln so‘m taklif berildi.

     Yer uchastkalari:

  • Soni 119 ta
  • Boshlang‘ich narxi 1,9 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 6,4 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 8,1 ga

      Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi narxi 7 mln so‘m bo‘lgan qurilish sanoati korxonalari qurish uchun 5 sotix yer uchastkasi 302,8 mln so‘mga sotildi.
      Surxondaryo viloyati, Oltinsoy tumanidan narxi 554,2 mln so‘mlik avto turargoh qurish uchun 2,29 gektar yer uchastkasi 1,3 mlrd so‘mga sotildi.
     Samarqand viloyati, Bulung’ur tumanidan narxi 6,1 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 356,3 mln so‘mga sotildi.

      Ko'chma savdo joylari:

  • Soni 139 ta
  • Boshlang‘ich narxi 34,4 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 920 mln so‘m

       Yangiyo'l shahridagi boshlang'ich narxi 0,5 mln so'mlik ko’chma savdo joyi 6,1 mln so'mga sotildi.
       Marg'ilon shahridagi boshlang'ich narxi 0,9 mln so'mlik ko’chma savdo joyi 9,9 mln so'mga sotildi.

       O‘tkazilgan savdolarda 2 287 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.

        Hozirda, boshlang‘ich narxi 8,4 trln so‘m bo‘lgan 116 419 ta lot savdoga qo‘yilgan.

915 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech