Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

03 Noyabr 2023

2-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

348 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 43,7 mlrd so'm bo'lgan 227 ta lot 56,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 11 ta
  • Boshlang‘ich narxi 34 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 35,8 mlrd so‘m
 
Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 25 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi "Yangiobod" ko‘p tarmoqli naslchilik chorva kompleksi 26,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 35 ta
  • Boshlang‘ich narxi 351,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
 
Toshkent shahar Shayxontohur tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 46,1 mln so‘m bo‘lgan Axborot ommaviy kommunikatsiyalar agentligi “Ma‘muriy binolardan foydalanish boshqarmasi” DM balansidagi bino qismi 50,7 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 28 ta
  • Boshlang'ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 3,1 mlrd so‘m
  • Yer maydoni 1,9 ga
 
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanidan boshlang'ich narxi 57,6 mln so‘m bo‘lgan un, don va ozuqa ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 63,4 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 30 ta
  • Boshlang'ich narxi 5,7 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 36,6 mln so‘m
 
Surxondaryo viloyati Sho'rchi tumanidan boshlang'ich narxi 0,3 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 29,6 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 95 ta
  • Yer 62 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 3,8 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 10,8 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 710 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,7 trln so'm bo'lgan 116 039 ta lot savdoga qo'yilgan.
737 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech