320 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 21,5 mlrd so'm bo'lgan 411 ta lot 44,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 3 ta
- boshlang'ich narxi 10,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 23,3 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 9,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi ma’muriy bino va binoda joylashgan inventarlar 19,8 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 125 ta
- boshlang'ich narxi 1,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 5,6 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 15,2 mln so‘m bo‘lgan umumiy o‘rta ta’lim maktabi balansidagi xona 175,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 227 ta
- boshlang'ich narxi 5,1 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 10,3 mlrd so‘m
- yer maydoni 9,9 ga
Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidan boshlang‘ich narxi 848,1 mln so‘m bo‘lgan ofis hamda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 3,9 mlrd so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 25 ta
- boshlang'ich narx 61 mln so'm
- sotilgan narx 67 mln so'm
- yer maydoni 14,8 ga
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 3 ta
- boshlang'ich narxi 2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 2 mlrd so‘m
Qoraqalpog'iston Respublikasi Nukus shaharidan boshlang'ich narxi 241,4 mln so‘m bo'lgan ko‘p qavatli turar joydagi xonadon 253,5 mln so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 363 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 16,4 trln so'm bo'lgan 145 780 ta lot savdoga qo'yilgan.