Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Fevral 2024

20-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

743 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 20,7 mlrd so'm bo'lgan 182 ta lot 59,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 10 ta
  • boshlang'ich narxi 13,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 38,8 mlrd so‘m
Samarqand viloyati Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 4,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan xizmat koʻrsatish binosi 12,1 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 35 ta
  • boshlang'ich narxi 288 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,6 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 165 mln so‘m bo‘lgan Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti balansidagi bo'sh turgan oshxonasi 200 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 52 ta
  • boshlang'ich narxi 569 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2 ga
Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumanidan boshlang'ich narxi 6,1 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibdagi turar-joylarni qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 102,4 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 6 ta
  • boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m
Andijon viloyati Andijon shahridan boshlang'ich narxi 196,9 mln so'm bo'lgan turar joy 407,5 mln so‘mga sotildi.
 
Xususiy buyurtmalar:
  • soni 4 ta
  • boshlang'ich narxi 793 mln so‘m
  • sotilgan narxi 872 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 524 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,4 trln so'm bo'lgan 105 623 ta lot savdoga qo'yilgan.
601 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech