Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

21 Iyun 2023

20-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 1 411 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 4,8 mlrd so'm bo'lgan 587 ta lot 6,1 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • Soni 1 ta
  • Boshlang‘ich narxi 3,3 mlrd so‘m
  • Sotilgan narxi 4,2 mlrd so‘m
Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,4 mlrd so‘m bo‘lgan “Xalq banki” AT Bosh amaliyotlar boshqarmasi balansidagi ko'chmas mulk 4,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 41 ta
  • Boshlang‘ich narxi 560,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 813,4 mln so‘m
Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 107,1 mln so‘m bo‘lgan Respublika ko‘z kasalliklari shifoxonasi balansidagi binoning tom qismi 117,8 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 23 ta
  • Boshlang'ich narxi 846,5 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 910 mln so‘m
  • Yer maydoni 1,4 ga
Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 685,6 mln so‘m bo‘lgan piknik zona, selfi hududi, ommaviy dam olish joylari va kemping tashkil etish uchun 0,9 gektar yеr uchastkasi 719,9 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 41 ta
  • Boshlang‘ich narxi 11,8 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 97,3 mln so‘m
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidan boshlang'ich narxi 0,8 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 3,1 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 478 ta
  • Yer maydoni 214,6 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 10,3 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 14,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1 482 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 133 451 ta lot savdoga qo'yilgan.
882 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech