Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Iyun 2023

21-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

 2 147 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so'm bo'lgan 461 ta lot 3,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • Soni 49 ta
  • Boshlang‘ich narxi 841,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 2,9 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati Termiz tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 8,2 mln so'm bo'lgan Surxondaryo viloyat Bojxona boshqarmasi balansidagi bo'sh turgan texnologik maydon 302,2 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • Soni 17 ta
  • Boshlang'ich narxi 517,6 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 569,4 mln so‘m
  • Yer maydoni 1,4 ga
Namangan viloyati Namangan tumanidan boshlang'ich narxi 167,7 mln so‘m bo‘lgan ko'p qavatli turarjoy binolari va majmualari qurish uchun 3,2 sotix yеr uchastkasi 184,5 mln so‘mga sotildi.
Toshkent viloyati Chinoz tumanidan boshlang'ich narxi 29,3 mln so‘m bo‘lgan ombor majmualarini qurish uchun 5,01 sotix yеr uchastkasi 32,3 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • Soni 60 ta
  • Boshlang‘ich narxi 17,1 mln so‘m
  • Sotilgan narxi 101,2 mln so‘m
Samarqand viloyati Jomboy tumanidan boshlang'ich narxi 0,1 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 2,4 mln so'mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • Soni 334 ta
  • Yer maydoni 231,2 ga
  • Normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 7,1 mlrd so’m
  • G'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 11,2 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 973 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
 Hozirda, narxi 10,1 trln so'm bo'lgan 134 080 ta lot savdoga qo'yilgan.
846 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech