Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

22 Noyabr 2023

21-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

176 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 25,8 mlrd so'm bo'lgan 215 ta lot 108,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 98 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,8 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4,4 mlrd so‘m
Toshkent shahar Yunusobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 180,4 mln so‘m bo‘lgan Davaktiv agentligi huzuridagi "Bino va mol-mulklarni vaqtinchalik saqlash direksiyasi" balansidagi bino qismi 198,4 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 43 ta
  • boshlang'ich narxi 438,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1,8 ga
Qoraqalpog'iston Respublikasi Amudaryo tumanidan boshlang'ich narxi 41 mln so‘m bo‘lgan ko'p funktsiyali jamoat majmualarini qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 45,1 mln so‘mga sotildi.
 
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidan boshlang'ich narxi 21,1 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun 4 sotix yer uchastkasi 23,2 mln so‘mga sotildi.
 
Daryo o'zanlarini tozalash huquqi:
  • soni 3 ta
  • boshlang'ich narxi 183,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 10,2 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 17,5 mln so‘m bo‘lgan Ohangaron daryosi o‘zanini tozalash huquqi 4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 8 ta
  • yer 807,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 23 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 91,4 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 490 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,6 trln so'm bo'lgan 115 507 ta lot savdoga qo'yilgan.
980 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech