Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Iyun 2023

22-iyun sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

622 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 24,6 mlrd so'm bo'lgan 395 ta lot 29,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 12 ta
  • boshlang‘ich narxi 10,3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 12 mlrd so‘m
  • Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,6 mlrd so‘m bo‘lgan "O'zbekiston kabel televideniyasi" MCHJ balansidagi ko'chmas mulk 3,8 mlrd so‘mga sotildi.
  • Urganch shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 325 mln so‘m bo‘lgan Bo'sh turgan obyektlardan samarali foydalanishni tashkil etish markazi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi balansidagi noturar joy binosi 650 mln so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 34 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,3 mlrd so‘m
  • Karmana tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 465,7 mln so‘m bo‘lgan Agroxizmatlar markazi balansidagi bo‘sh bino 512,3 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 39 ta
  • boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,3 ga
  • Zangiota tumanidan boshlang'ich narxi 66,6 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 6 sotix yеr uchastkasi 153,1 mln so‘mga sotildi.
  • Qarshi shahridan boshlang'ich narxi 117,2 mln so‘m bo‘lgan nonvoyxona va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi qurish uchun 15 sotix yеr uchastkasi 129 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 97 ta
  • boshlang‘ich narxi 25,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 161,9 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 145 ta
  • yer maydoni 521,8 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 12,5 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 23,8 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 1 046 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,5 trln so'm bo'lgan 135 113 ta lot savdoga qo'yilgan.

781 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech