Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

23 Yanvar 2024

22-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

139 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 86,6 mlrd so'm bo'lgan 772 ta lot 232,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 23 ta
  • boshlang‘ich narxi 23,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 29,4 mlrd so‘m
  • Samarqand viloyati Payariq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 4,1 mlrd so‘m bo‘lgan AT “Xalq banki” Samarqand viloyati filiali balansidagi ma’muriy bino (Chelak filiali) 4,4 mlrd so‘mga sotildi.
  • Sirdaryo viloyati Guliston tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 711,6 mln so‘m bo‘lgan “Guliston elita urug‘chilik xo‘jaligi” MChJdagi 100 foiz davlat ulushi 747,2 mln so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 85 ta
  • boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 4 mlrd so‘m
  • yer maydoni 3,7 ga
  • Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidan boshlang'ich narxi 30,1 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi un, don va ozuqa ishlab chiqarish korxonalari qurish 8,6 sotix yеr uchastkasi 301 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 77 ta
  • boshlang'ich narxi 20,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 25,8 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati Urganch shahridan boshlang'ich narxi 256,1 mln so‘m bo'lgan do'kon binosi 807 mln so‘mga sotildi.
Qazilmalarni qazish yo'nalishida:
  • soni 10 ta
  • boshlang'ich narxi 186,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 11,6 mlrd so‘m
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 398 ta
  • yer 2563,8 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 38 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 120,9 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 1785 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,1 trln so'm bo'lgan 107 006 ta lot savdoga qo'yilgan.
1049 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech