Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

24 Noyabr 2023

23-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

84 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 55,8 mlrd so'm bo'lgan 267 ta lot 82,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 18 ta
  • boshlang‘ich narxi 13,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 14,7 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Vobkent tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,5 mlrd so‘m bo‘lgan AT "Xalq banki" balansidagi Vobkent filiali binosi 2,6 mlrd so‘mga sotildi.
Farg'ona viloyati Bag'dod tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan "Farg'onaagrokimyohimoya" AJ balansidagi mineral o'g'itlar saqlash ombori 1,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 73 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,2 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 231,1 mln so‘m bo‘lgan Jamoat salomatligi texnikumi balansidagi bo'sh turgan xonalar 254,2 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 21 ta
  • boshlang'ich narxi 1,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,3 mlrd so‘m
  • yer maydoni 2,6 ga
Sirdaryo viloyati Guliston shahridan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari tashkil etish uchun 1,49 gektar yеr uchastkasi 2,8 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 48 ta
  • boshlang'ich narxi 15,1 mln so‘m
  •  sotilgan narxi 140,9 mln so‘m
Qashqadaryo viloyati G'uzor tumanidan boshlang'ich narxi 2,5 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 3 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 18 ta
  • yer 74,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 594,4 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 1,8 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 950 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 7,6 trln so'm bo'lgan 113 816 ta lot savdoga qo'yilgan.
1076 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech