Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

25 Avgust 2023

24-avgust sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

196 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 18,3 mlrd so'm bo'lgan 313 ta lot 21,3 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 9 ta
  • boshlang‘ich narxi 15,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 16,5 mlrd so‘m
  • Qibray tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 10,4 mlrd so‘m bo‘lgan “Asakabank” AJ balansidagi issiqxona binosi va jo‘jalarni boqishda foydalaniladigan asbob-uskunalar to‘plami 10,9 mlrd so‘mga sotildi.
  • Termiz shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,2 mlrd so‘m bo‘lgan “Mikrokreditbank” ATB balansidagi bank va xo‘jalik binolari 3,4 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 38 ta
  • boshlang‘ich narxi 228,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,4 mlrd so‘m
  • Samarqand shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 14 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti balansidagi talabalar turar joyi binosining oshxonasi 169,9 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 23 ta
  • boshlang'ich narxi 446,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 475,1 mln so‘m
  • yer maydoni 4,6 ga
  • Qo‘shtepa tumanidan boshlang'ich narxi 27,9 mln so‘m bo‘lgan molxona va omborxona bino-inshootlari qurish uchun 10 sotix yеr uchastkasi 30,7 mln so‘mga sotildi.
  • Ohangaron shahridan boshlang'ich narxi 22,9 mln so‘m bo‘lgan kir yuvish, tozalash va yuvinish xonalari qurish uchun 2 sotix yеr uchastkasi 25,1 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 120 ta
  • boshlang'ich narxi 24,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 237,3 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 74 ta
  • yer 29,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 1,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 1,4 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 801 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,8 trln so'm bo'lgan 123 723 ta lot savdoga qo'yilgan.

447 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech