Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Noyabr 2023

24-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

369 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 7,6 mlrd so'm bo'lgan 162 ta lot 13,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 5 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati Sirdaryo tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 276,7 mln so‘m bo‘lgan "Guliston neft bazasi" MChJ balansidagi bo'sh turgan bino-inshoot 415 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 37 ta
  • boshlang‘ich narxi 598,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 683,8 mln so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 123,3 mln so‘m bo‘lgan Buxoro shahar kasb-hunar maktabi balansidagi yotoqxona binosining bir qismi 147,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 36 ta
  • boshlang'ich narxi 322,6 mln so‘m
  • sotilgan narxi 447,9 mln so‘m
  • yer maydoni 2,0 ga
Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonliko'l tumanidan boshlang'ich narxi 4,5 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 2,7 sotix yer uchastkasi 35,8 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 43 ta
  • boshlang'ich narxi 6,7 mln so‘m
  • sotilgan narxi 35,6 mln so‘m
Jizzax viloyati G'allaorol tumanidan boshlang'ich narxi 0,09 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 1,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 11 ta
  • yer 159,4 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 6,8 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 605 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9 trln so'm bo'lgan 115 637 ta lot savdoga qo'yilgan.
1018 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech