694 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 30,4 mlrd so'm bo'lgan 324 ta lot 36,9 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
Davlat aktivlari:
- soni 5 ta
- boshlang'ich narxi 4,9 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 5,2 mlrd so‘m
- Jizzax viloyati Jizzax shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 4,2 mlrd so‘m bo‘lgan “Sendvich panel” MCHJ ustav fondidagi 99,9 foiz davlat ulushi 4,4 mlrd so‘mga sotildi.
Davlat ishtirokidagi korxonalar mulklari:
- soni 2 ta
- boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
Davlat mulkini ijaraga berish:
- soni 49 ta
- boshlang'ich narxi 634,5 mln so‘m
- sotilgan narxi 1,2 mlrd so‘m
- Andijon viloyati Andijon shahrida joylashgan boshlang‘ich yillik ijara stavkasi 243,5 mln so‘m bo‘lgan Andijon mediata'lim texnikumi balansidagi o'quv binosining bir qismi 267,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
Yer uchastkalari:
- soni 119 ta
- boshlang'ich narxi 9,8 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 10,9 mlrd so‘m
- yer maydoni 16,5 ga
- Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 448,9 mln so‘m bo‘lgan oshxona, kafelar va savdo uylari qurish uchun 57 sotix yеr uchastkasi 673,5 mln so‘mga sotildi.
- Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 61 mln so‘m bo‘lgan kichik turdagi mehmon uyi dam olish maskani qurish uchun 1,7 sotix yеr uchastkasi 214,4 mln so‘mga sotildi.
- Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 169,9 mln so‘m bo‘lgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun 3,7 sotix yеr uchastkasi 271,9 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida: -
- soni 65 ta
- boshlang'ich narxi 10,3 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 14,4 mlrd so‘m
- Toshkent shahri Olmazor tumanidan boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo'lgan turar-joy uchastkasi 2,6 mlrd so‘mga sotildi.
O'tkazilgan savdolarda 1 266 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 15,6 trln so'm bo'lgan 145 252 ta lot savdoga qo'yilgan.