Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Yanvar 2024

25-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

359 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 38,5 mlrd so'm bo'lgan 223 ta lot 62,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 18 ta
  • boshlang'ich narxi 18,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 24,2 mlrd so‘m
  • Qashqadaryo viloyati Nishon tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,9 mlrd so‘m bo‘lgan "Nuriston diyori" mas’uliyati cheklangan jamiyatidagi 100 foiz davlat ulushi 4,9 mlrd so‘mga sotildi.
Yer uchastkalari:
  • soni 50 ta
  • boshlang'ich narxi 1,1 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 12,7 ga
  • Farg‘ona viloyati Rishton tumanidan boshlang'ich narxi 20,3 mln so‘m bo‘lgan nodavlat umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish qurish uchun 4 sotix yеr uchastkasi 42,6 mln so‘mga sotildi.
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 41 ta
  • boshlang'ich narxi 6,5 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,1 mlrd so‘m
  • Xorazm viloyati Urganch shahridan boshlang'ich narxi 400 mln so‘m bo'lgan turar-joy binosi 420 mln so‘mga sotildi.
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 20,1 mln so‘m
  • sotilgan narxi 922,4 mln so‘m
  • Buxoro viloyati Buxoro shahridan boshlang'ich narxi 1,5 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 5 mln so‘mga sotildi.
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 19 ta
  • yer 654,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 10 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 16,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 768 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,4 trln so'm bo'lgan 107 957 ta lot savdoga qo'yilgan.
1283 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech