Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

26 Mart 2024

25-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1 384 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 94,7 mlrd so'm bo'lgan 838 ta lot 169,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 34 ta
  • boshlang'ich narxi 20,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 33,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati Xonqa tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,1 mlrd so‘m bo‘lgan "Xonqa don klasteri" MCHJ ustav fondidagi 100 foiz davlat ulushi 3,2 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 25 ta
  • boshlang'ich narxi 212 mln so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 20,7 mln so‘m bo‘lgan Informatika va axborot texnologiyalarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan IDUM balansidagi oshxona 412,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 181 ta
  • boshlang'ich narxi 31,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 49,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 32,2 ga
Samarqand viloyati Samarqand shahridan boshlang'ich narxi 21,3 mlrd so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli uy-joy qurish uchun 3 gektar yеr uchastkasi 22,4 mlrd so‘mga sotildi.
 
Xususiy buyurtmalar:
  • soni 18 ta
  • boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 1,7 mlrd so‘m
Sud va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish yo'nalishida:
- soni 110 ta
- boshlang'ich narxi 22,5 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 30 mlrd so‘m
 
O'tkazilgan savdolarda 3 054 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,4 trln so'm bo'lgan 122 533 ta lot savdoga qo'yilgan.
792 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech