Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Fevral 2024

26-fevral sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

1564 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 130,7 mlrd so'm bo'lgan 343 ta lot 166,7 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 38 ta
  • boshlang'ich narxi 99,4 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 105,5 mlrd so‘m
Navoiy viloyati Navoiy shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 10,2 mlrd so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi balansidagi sobiq beton zavodining bir qismi 10,7 mlrd so'mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 42 ta
  • boshlang'ich narxi 411 mln so‘m
  • sotilgan narxi 867 mln so‘m
Farg'ona viloyati Farg'ona shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 60 mln so‘m bo‘lgan "Farg'ona xalqaro aeroporti" MChJ balansidagi uchib ketish zalida, mahalliy zalda va xalqaro zalda bo'sh turgan savdo shoxobchalari 216 mln so'mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 74 ta
  • boshlang'ich narxi 3,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,8 mlrd so‘m
  • yer maydoni 8,6 ga
Surxondaryo viloyati Denov tumanidan boshlang'ich narxi 357,9 mln so‘m bo‘lgan avtoturargoh qurish uchun 19 sotix yеr uchastkasi 3,5 mlrd so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 52 ta
  • boshlang'ich narxi 22,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 36,3 mlrd so‘m
Toshkent shahar Chilonzor tumanidan boshlang'ich narxi 10 mlrd so'm bo'lgan baza hududi 20,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
O'tkazilgan savdolarda 1255 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,4 trln so'm bo'lgan 107 134 ta lot savdoga qo'yilgan.
794 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech