Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Yanvar 2024

26-yanvar sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

398 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 21,9 mlrd so'm bo'lgan 143 ta lot 27,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 12 ta
  • boshlang'ich narxi 3 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 5,1 mlrd so‘m
Buxoro viloyati Buxoro shahridan joylashgan boshlang'ich narxi 1,2 mlrd so‘m bo‘lgan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining Buxoro viloyat boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan bino va inshootlar 3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 36 ta
  • boshlang'ich narxi 1,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
  • yer maydoni 5,9 ga
Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidan boshlang'ich narxi 9,4 mln so‘m bo‘lgan ko'p funksiyali jamoat majmualari qurish uchun 59 kvadrat metr yеr uchastkasi 174,4 mln so‘mga sotildi.
 
Sud va boshqa organlar ijro hujjatlari bo'yicha:
  • soni 14 ta
  • boshlang'ich narxi 15 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 17,2 mlrd so‘m
Andijon viloyati Andijon tumanidan boshlang'ich narxi 450 mln so‘m bo'lgan molxona bino va inshootlari 2,3 mlrd so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo shoxobchalari:
  • soni 52 ta
  • boshlang'ich narxi 19,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 251,1 mln so‘m
Navoiy viloyati Navbahor tumanidan boshlang'ich narxi 1,1 mln so'm bo'lgan ko'chma savdo joyi 17,7 mln ga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 1 ta
  • yer 10 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 258,8 mln so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 258,8 mln so'm
O'tkazilgan savdolarda 487 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 9,9 trln so'm bo'lgan 109 450 ta lot savdoga qo'yilgan.
869 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech