Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Mart 2024

26-mart sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijasi

239 ta lot onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 16,4 mlrd so'm bo'lgan 228 ta lot 29,6 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 9 ta
  • boshlang'ich narxi 7,2 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 7,7 mlrd so‘m
Andijon viloyati Jalaquduq tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 3,6 mlrd so‘m bo‘lgan “Biznesni rivojlantirish banki” ATB balansidagi bino-inshootlar 3,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Samarqand viloyati Paxtachi tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 888,1 mln so‘m bo‘lgan Davlat mulki obyektlaridan samarali foydalanish markazi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi balansidagi bo‘sh turgan ma’muriy bino 932,5 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat mulkini ijaraga berish:
  • soni 80 ta
  • boshlang'ich narxi 1,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 2,1 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 133,6 mln so‘m bo‘lgan "Farg‘ona suv ta’minot" MCHJ balansidagi nasos stansiyasining bir qismi 146,9 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 22 ta
  • boshlang'ich narxi 212 mln so‘m
  • sotilgan narxi 233 mln so‘m
  • yer maydoni 1,5 ga
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal’a tumanidan boshlang'ich narxi 21,6 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi to‘qimachilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun 35 sotix yеr uchastkasi 23,7 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq va dehqon xo'jaligi yerlari:
  • soni 79 ta
  • boshlang'ich narxi 6,9 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 18,2 mlrd so‘m
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 26 ta
  • boshlang'ich narxi 10 mln so‘m
  • sotilgan narxi 38 mln so‘m
O'tkazilgan savdolarda 535 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 11,1 trln so'm bo'lgan 123 481 ta lot savdoga qo'yilgan.
766 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech