Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

27 Sentyabr 2023

26-sentabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

398 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 10,1 mlrd so'm bo'lgan 137 ta lot 10,8 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.

Davlat aktivlari:

  • soni 11 ta
  • boshlang‘ich narxi 7,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 8,1 mlrd so‘m
  • Jizzax viloyati Baxmal tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 2,6 mlrd so‘m bo‘lgan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ balansidagi meva-sabzavotlarni qayta ishlash bino-inshootlari 2,7 mlrd so‘mga sotildi.
  • Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 1,4 mlrd so‘m bo‘lgan AT “Xalq bank” Qashqadaryo viloyat filiali balansidagi savdo va xizmat ko‘rsatish binosi 1,6 mlrd so‘mga sotildi.

Davlat aktivlari ijarasi:

  • soni 29 ta
  • boshlang‘ich narxi 547,9 mln so‘m
  • sotilgan narxi 550,8 mln so‘m
  • Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 8,8 mln so‘m bo‘lgan Axborot texnologiyalari texnikumi balansidagi binoning bo‘sh xonasi 9,7 mln so‘mga ijaraga berildi.

Yer uchastkalari:

  • soni 15 ta
  • boshlang'ich narxi 894,8 mln so‘m
  • sotilgan narxi 968,9 mln so‘m
  • yer maydoni 2,6 ga
  • Toshkent viloyati Ohangaron tumanidan boshlang'ich narxi 773,3 mln so‘m bo‘lgan ko‘p funksiyali jamoat majmualari qurish uchun 2,1 gektar yеr uchastkasi 812 mln so‘mga sotildi.

Ko'chma savdo joylari:

  • soni 46 ta
  • boshlang'ich narxi 13,2 mln so‘m
  • sotilgan narxi 52,7 mln so‘m

Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:

  • soni 22 ta
  • yer 82,6 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,3 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 4,4 mlrd so'm

O'tkazilgan savdolarda 374 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10 trln so'm bo'lgan 116 603 ta lot savdoga qo'yilgan.

475 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech