Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

28 Noyabr 2023

27-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

235 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 40 mlrd so'm bo'lgan 898 ta lot 89,2 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
- soni 20 ta
- boshlang‘ich narxi 16,6 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 18,1 mlrd so‘m
 
Toshkent shahri Uchtepa tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 5,3 mlrd so‘m bo‘lgan AT “Xalq banki” balansidagi bino-inshoot 5,6 mlrd so‘mga sotildi.
 
Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida joylashgan boshlang'ich narxi 556,9 mln so‘m bo‘lgan "O'zbekneftgaz" AJ balansidagi "Oqdaryo" FYOTSH bino-inshootlari 612,6 mln so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
- soni 43 ta
- boshlang‘ich narxi 290,6 mln so‘m
- sotilgan narxi 320,8 mln so‘m
 
Toshkent shahri Yashnobod tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 157,4 mln so‘m bo‘lgan "O‘ztransgaz" AJ balansidagi ofis xonalari 173,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
- soni 66 ta
- boshlang'ich narxi 2,2 mlrd so‘m
- sotilgan narxi 15,2 mlrd so‘m
- yer maydoni 9,4 ga
 
Bo‘stonliq tumanidan boshlang'ich narxi 894,2 mln so‘m bo‘lgan turistik-rekreatsion zonadagi dam olish maskani qurish uchun 1,8 gektar yеr uchastkasi 6,1 mlrd so‘m sotildi.
Farg‘ona viloyati Buvayda tumanidan boshlang'ich narxi 37,1 mln so‘m bo‘lgan kichik sanoat zonalaridagi un, don va ozuqa ishlab chiqarish korxonalari qurish uchun 1,23 gektar yеr uchastkasi 623,3 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
- soni 69 ta
- boshlang'ich narxi 23,9 mln so‘m
- sotilgan narxi 602,6 mln so‘m
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
- soni 590 ta
- yer 945,5 ga
- normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 14,4 mlrd so’m
- g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 32 mlrd so'm
 
O'tkazilgan savdolarda 1 845 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 8,9 trln so'm bo'lgan 112 344 ta lot savdoga qo'yilgan.
1030 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech