Ру Ўз O'z En

Yangiliklar

29 Noyabr 2023

28-noyabr sanasida o'tkazilgan onlayn savdolar natijalari

240 ta lot onlayn auksion va ochiq elektron tanlovga chiqarildi. Shuningdek, boshlang'ich narxi 14,5 mlrd so'm bo'lgan 196 ta lot 27,4 mlrd so‘mga realizatsiya qilindi.
 
Davlat aktivlari:
  • soni 3 ta
  • boshlang‘ich narxi 9,6 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 10,2 mlrd so‘m
Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan boshlang'ich narxi 3,7 mlrd so‘m bo‘lgan Respublika olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi balansidagi noturar joy bino-inshootlari 3,9 mlrd so‘mga sotildi.
 
Davlat aktivlari ijarasi:
  • soni 77 ta
  • boshlang‘ich narxi 1,05 mlrd so‘m
  • sotilgan narxi 2,2 mlrd so‘m
Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanida joylashgan boshlang'ich yillik ijara stavkasi 54,6 mln so‘m bo‘lgan O‘zbekiston Badiiy akademiyasi balansidagi binoning yerto'la qismi 60,1 mln so‘mga ijaraga berildi.
 
Yer uchastkalari:
  • soni 24 ta
  • boshlang'ich narxi 280,3 mln so‘m
  • sotilgan narxi 3,5 mlrd so‘m
  • yer maydoni 1,6 ga
Jizzax viloyati G‘allaorol tumanidan boshlang'ich narxi 42,8 mln so‘m bo‘lgan ko‘p qavatli turar-joy binolari va majmualar qurish uchun 7 sotix yеr uchastkasi 47,1 mln so‘mga sotildi.
 
Ko'chma savdo joylari:
  • soni 60 ta
  • boshlang'ich narxi 12,5 mln so‘m
  • sotilgan narxi 169,2 mln so‘m
Surxondaryo viloyati Sherobod tumanidan boshlang'ich narxi 0,6 mln so‘m bo‘lgan ko'chma savdo joyi 3,2 mln so‘mga sotildi.
 
Qishloq xo'jaligi yerlari ijarasi:
  • soni 18 ta
  • yer 160,3 ga
  • normativ qiymati bo'yicha ijara summasi 2,9 mlrd so’m
  • g'oliblar tomonidan olingan qo'shimcha to'lov majburiyati 10,3 mlrd so'm
O'tkazilgan savdolarda 609 nafar yuridik va jismoniy shaxslar qatnashdi.
Hozirda, narxi 10,1 trln so'm bo'lgan 115 014 ta lot savdoga qo'yilgan.
1153 Chop etish
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech